Joriy yilning 7-10-fevral kunlari “Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qoʻllab quvvatlash” loyihasi doirasida  Germaniya Federativ Respublikasining Federal fizika-texnika instituti (PTB), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida ISO 37001:2016 standarti boʻyicha  onlayn oʻquv-seminar tashkil qilindi.

           Seminar doirasida  ISO 37001:2016 standarti toʻgʻrisida maʼlumot berish va ushbu standartni korxonalarda joriy etilishining xususiyatlari, jahon tajribalarini tushuntirishdan iborat boʻldi. Unda davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan 80 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.

Germaniya ekspert Manfred Kayndler tomonidan ISO 37001:2016 standarti menejmentning korrupsiyaga qarshi tizimi boʻlib, pora olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qator choralarni oʻz ichiga olishi hamda mazkur standart boshqaruvning korrupsiyaga qarshi tizimini joriy qilishga, joriy nazoratni yanada kuchaytirishga qaratilganligi va pora olish holatlarining kamayishiga xizmat qilishi aytib oʻtildi.

   Bugungi kunda tizimdagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti,  Akkreditatsiya markazi, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatiga ega boʻldi.

Seminar davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakuniga koʻra Germaniyalik ekspertlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda kengaytirilgan hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Xalqaro munosabatlar boshqarmasi