Butun turk dunyosi “shams ul-millat” — millat quyoshi deb hamma davrlarda eʼzoz bilan tilga olgan Alisher Navoiy tavallud topgan kuni OʻzTTSA tizim tashkilotlarining Bekobod filiallari jamoasida “Mir Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir shoir va davlat arbobi” mavzusida tadbir uyushtirildi.
Tadbirda Bekobod shaxar Axborot markazi faxriy xodimi M. Usmanova buyuk bobokalonimizning xayoti va ijodi hamda davlat arbobi sifatida ishlar olib borgan buyuk tarixiy shaxs boʻlganligi xaqida soʻzlab berdi.