Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparati xodimlari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan shoirning mashhur “Qaro koʻzum” gʻazaliga #navoiyiftixorim xeshtegini oʻtkazdilar.
Bunda har bir xodim gʻazaldan ikki misradan oʻqib, uningg maʼnolarini aytib berdilar.
Qaro koʻzum....
Qaro koʻzum¸ kelu mardumligʻ emdi fan qilgʻil¸
Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.
Yuzing guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan¸
Qadding niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidan xino bogʻla¸
Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim¸ ey charx¸7
Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoliga yetsin¸ desang koʻngullarni¸
Sochingni boshtin-aëgʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa¸ ey bogʻbon¸ emas moneʼ¸
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrub oʻlsam¸ ey rafiq meni¸
Gulob ila yuvu¸ gul bargidan kafan qilgʻil.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang¸
Aning boshoqligʻ oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil.