O‘zbekistonda yadroviy xavfsizlikni ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuning 14-moddasiga muvofiq, radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash sohasidagi foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 iyun 2014 yildagi 190 - sonli “2014-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga kiritilgan.
“O‘zstandart” agentligining Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi yuqori aniqlikka ega bo‘lgan dozimetr va spektrometr bilan ta’minlanishi natijasida o‘lchash imkoniyatlari kengaydi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar o‘lchov vositalarini qiyoslash qurilmalarini va spektrometrlarni qiyoslash va kalibrlash ishlari o‘zlashtirildi. Bu yer osti qazilmalarini topish, mehnat muxofazasi va sog‘likni saqlash sohalarida tekshiruv va nazorat olib borish ishlarini yaxshilash imkoniyatini beradi.
“O‘zstandart” agentligi va Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan 2018-2021 yillarda amalga oshirish uchun texnik xamkorlik loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyihaga asosan yadroviy va radiatsion xavfsizlikni ta’minlashni metrologik ta’minoti sohasida ikkilamchi etalonlar laboratoriyasini yaratish ko‘zda tutilgan.