Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 184 ta korxonalarga amaliy yordam koʻrsatildi.
80 ta korxonaga standartlashtirish boʻyicha, 5ta korxonaga metrologiya yuzasidan, 40 ta korxonaga sertifikatlashtirish, 8 ta korxonaga esa qadoqlash va yorliqlash, 35 ta korxonaga sifat menejment tizimlari masalalari hamda 16 ta korxonalarga boshqa masalalar boʻyicha konsultativ xizmatlar koʻrsatildi.
Shu bilan bir qatorda, hududlarda joylashgan 56 ta tumandagi 130 ta korxonalarning 68 turdagi mahsulotlarini dunyoning 18 ta mamlakatlariga eksport qilinishida amaliy yordam berildi.
2022-yilning oʻzida hududlarda investitsiya dasturi asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan 3201 ta va 423 ta yirik eksportyor korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazilib, sohaga oid amaliy yordamlar koʻrsatilishi rejalashtirilgan.