OʻzTTSA va Turkiya standartlashtirish instituti hamkorligida tashkil etilgan Oʻzbek-Turk Test markazida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlanishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.
Monitoring jarayonida qoʻshma korxona bosh direktori tomonidan sertifikatlashtirish idorasi sifatida huquqiy-meʼyoriy hujjat talablariga binoan yengil sanoat mahsulotlari, aravachalar, turli xil idishlar, mebel mahsulotlari, sport anjomlari, elektr mahsulotlari, elektr maishiy texnika, kam quvvatli elektr apparatlari va texnologik uskunalarni sertifikatlashtirish jarayonida mahsulotlarning davlat tilida nomlanishi, yorliqlanishiga ham alohida eʼtibor qaratilishi, sinov bayonnomalari asosan davlat tilida rasmiylashtirilmoqda.
Qoʻshma korxonada ish yuritish toʻliq davlat tilida olib borilayotgani va xodimlarning lotin alifbosini toʻliq oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi. Laboratoriyalardagi asbob uskunalari haqidagi maʼlumotlarni davlat tilida berilishi, yongʻin xavfsizligi va mehnat muhofaza boʻyicha koʻrgazmali materiallar ham davlat tilida boʻlishi yuzasidan tavsiyalar berildi.