OʻzTTSA Bosh direktori D.Sattarov 29-30-yanvar kunlari Buxoro viloyati tizim korxonalarining faoliyati, oʻtgan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari, 2022-yil uchun asosiy reja-dasturlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Buxoro shahrida yangidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Agroklaster DZZ” MCHJning sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish va tuproq tahlil laboratoriyasi, “Tibtexnika” MCHJning tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda “WBM ROMITEX” MCHJning toʻqimachilik klasteri loyihalari bilan tanishib, korxonalarning faoliyat yoʻnalishlari, mavjud zamonaviy uskunalarning boshqarilishi, ularning sertifikatlashtirish tartiblari, laboratoriya qurilmalarining kalibrovkadan oʻtkazish holati boʻyicha mutaxassislar bilan suhbatlar oʻtkazildi.