Mahsulotlarni sinash usullari
O‘z DSt 20.202:2016 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalariga doir talablar” O‘zbekiston davlat standartining birinchi tahriri ishlab chiqildi va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu davlat standarti respublikamizda ishlab chiqarish, aviasozlik, tibbiyot, temir yo‘l, mahsulotning muayyan turlarini va sanoat ob’ektlarini, sanoat va konchilik ishlarini bexatar olib borilishini nazorat qilishda keng foydalaniladi va qo‘llaniladi.
Putur yetkazmasdan tekshirish sohasida 416 ta tashkilot so‘rovnomasiga binoan o‘lchash vositalarini qiyoslash ishlari amalga oshirildi va 17 ta tashkilot so‘rovnomasiga binoan o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyalashdan o‘tkazildi.
– 17 ta tashkilot uchun mahsulotlarni sinash usuliyatini attestatlash bo‘yicha hujjatlar ekspertiza qilindi;
– 9 ta tashkilot uchun o‘lchash vositalarini kalibrlash usuliyati xujjatlari ishlab chiqish va ekspertiza taxlil qilish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu qilingan ishlar respublikadagi metrologiya sohasidagi ishlarni yaxshi tashkil qilishda va foydalanishda qo‘llaniladi.