OʻzTTSA va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filial masʼullari “Siyosiy-maʼrifat soati” da ishtirok etib, mazkur yoʻnalishda oʻz bilimlarini oshirmoqdalar.
Navbatdagi oʻquv soatida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishning dolzarbligi yuzasidan marʼruzasida kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Laziz Mingishov, mahallalarda yoshlar bilan olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va talabalarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish haqida maʼlumot berdi.
Maʼrifiy uchrashuv davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi masʼullari tomonidan mavzuga oid qoʻshimcha maʼlumotlar beridi.
Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorij hayotidagi muhim yangiliklardan ham xabardor boʻldilar.