OʻzTTSA tizim tashkilotlarining Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari hamkor ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi “Sayfiddin Boharziy” MFYda boʻlib, mahallada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan masalalar oʻrganildi.
4000 dan ortiq aholi istiqomat qiladigan mazkur mahalladan kelib tushgan murojaatlar koʻrib chiqildi hamda hokim yordamchisi tomonidan kreditlarni rasmiylashtirish va loyiha ishlariga koʻmaklashishga kelishib olindi.