Joriy yilning 24-31 yanvar kunlari Belarussiya davlatida O’zbekiston standartlar instituti va Belarussiya davlatining standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti bilan hamkorlikda “Elektrotexnika mahsulotlarini sinash” ixtisosligi bo’yicha o’quv kursi tashkillashtirildi. O’quv kursida “UzTest” markazi, “Artel Elekctronics” MChJ va “Texnopark” MChJ va Standartlar institutidan maxsus vakillar qatnashmoqda.
Ayni damda tinglovchilarga Belarussiya davlatining standartlashtirish va sertifikatlshtirish institutining Malaka oshirish markazida elektrotexnika, radioelektrotexnika va energiyani tejashda texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish bo’limi boshlig’i Dunchik Yuriy Konstantinovich tomonidan “Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning elektromagnit moslashuvchanlikka doir qonunchiliklarini uyg'unlashtirish bo'yicha 2014-30-EU direktivasi” mavzusida dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.