Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamenti masʼullari tomonidan  Chilonzor tumanidagi “Nur-tex”  va Uchtepa tumanida joylashgan “Uchtepa nur tekstil”  sanoat korxonalarida  profilaktika tadbirlari  oʻtkazildi.

Bunda ishlab chiqarish korxonalarga maxsus ish kiyimlari va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish uchun Oeko-Tex standarti 100  xalqaro sertifikatiga ehtiyoji  borligi  maʼlum  boʻldi.

Mazkur korxonalarga Oeko-Tex standartining talablari tushuntirildi va xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatlashtirish uchun hamkorlikda ishni tashkil etishga kelishib olindi.