Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi hamkorligida Ukraina Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Ukraina Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi  va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish davlat xizmati,  “Ukrkondprom” uyushmasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

Unda oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan qoʻyiladigan talablar, milliy va xalqaro standartlarni joriy etish va qoʻllash, texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha Ukraina va Oʻzbekiston tajribalarida  fikr almashildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, mazkur  yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishib olindi.

 
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi