Agentlik Maʼnaviyat va Maʼrifat Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda tizim-tashkilotlar va hududiy filiallari tomonidan 2021-yilda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, tashkilotlar joylashgan hududlardagi mahallalar bilan hamkorlik yoʻlida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Agentlik tizimida davlat tilida ish yuritish toʻliq taʼminlangani, lotin alifbosida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgani, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari ham davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida yuritilyotgani taʼkidlandi.
Tadbirda yangi 2022-yilni nomidan kelib chiqib “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilab beriladigan vazifalarni toʻlaqonli oʻz vaqtida va samarali bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari uchrashuvda yoshlarni soha boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb etish, xorijiy tajribani oʻrganish, maqbulini tizim joriy etish, turli oʻtkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etishiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, xorijiy investorlar bilan yaqindan ishlash jarayonida qadoqlash, tamgʻalash ishlarida davlat tilini tadbiq etish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilishi belgilab qoʻyildi.