Yurtimida ishlab chiqarilayotgan kabel, elektrotexnika, maishiy texnika kabi ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda..
Albatta elektrotexnika mahsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulot sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishga yordam beradi.
Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi, UzAssystem QK MCHJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va uyushmaga aʼzo korxonalar ishtirokida Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) ekspertlari Gilena Furnet (Guilaine Fournet), Aristea Kiriakati (Aristea Kyriakati), Antuanettы Pitt (Antoinette Pitteloud) bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) ekspertlari bilan uchrashuvda Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) talablariga muvofiq standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish masalarida fikr almashildi.
IEC Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziktirgan barcha savollarga
IEC ekspertlari tomonidan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakuniga koʻra, IEC standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish boʻyicha IEC ekspertlaridan doimiy maslahat olishga kelishib olindi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi