Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan har haftaning juma kuni bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bagʻishlangan onlayn siyosiy-maʼrifat oʻquv soati oʻtkazilishi va ushbu oʻquv soatlarini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining YouTube kanali orqali kuzatib borishi yoʻlga qoʻyilishi masofadan qatʼiy nazar davlat xizmatchisining xabardor boʻlishi katta ahamiyatga egadir.
Ushbu oʻquv Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan boʻlib, u vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlariga moʻljallangan.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim rahbar va masʼul xodimlari ushbu siyosiy-maʼrifat soatini muntazam kuzatib borib, ushbu yoʻnalishda oʻz bilimlarini oshirmoqdalar.
Maʼruzachi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktor oʻrinbosari Axmedov Javoxir Jamolovich yaqinda matbuotda eʼlon qilingan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovi jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Adliya vazirligi bosh maslahatchisi Rajaboyev Dilmurod Kuldash oʻgʻli esa “Huquqiy savodxonlik” maʼruzasida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
Davlat boshqaruvi akademiyasi professori Bekmurodov Mansur Bobomuradovich Abu Nasr Forobiyning davlat va jamiyat boshqaruviga oid qarashlari haqida buyuk allomaning asarlari misolida qiziqarli maʼlumotlar tinglovchilarga taqdim etdi.
Shuningdek, oʻquv soatida Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot berildi.