Yangi uslub bilan Elektr hisoblagichlarni qiyoslash
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zdavenergonazorat” DI bilan birgalikda “Maishiy iste’molchilarning elektrenergiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdano‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlanib, mos ravishda 2736 sonlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.
Ushbu nizomlarning asosiy vazifasi – qiyoslashni tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonini optimallashtirish, uni iste’molchi uchun soddaroq va qulayroq qilishdir. Elektrenergiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha yangi qoidalar mulkdorni instansiyalarga ortiqcha qatnashdan ozod etadi, bu majburiyatlarni mutaxassislar – tuman elektrta’minot korxonalarining vakillari o‘z zimmalariga oladilar. Hozirgi paytda bu faqat elektrenergiyasini hisobga olish priborlariga taalluqli. Biz tomondan aholi uchun ta’mirlashdan so‘ng qiyoslash sertifikatini ta’mirlash ustaxonalarining o‘zidan olish bo‘yicha sharoitlar yaratilib, bu ularning davlat metrologik xizmatlariga takroran murojaat qilishlarining oldini oladi.
Keling, ilgari qanday bo‘lganligini bir eslaymiz. Hisoblagich mulkdori yetkazib beruvchiga hisoblagichni davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun yechishga ruxsat berish haqida ariza bilan murojaat qilar edi. So‘ng ta’minot tashkilotining vakili iste’molchiga kelib, hisoblagich davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun yechilganligi haqida dalolatnoma tuzib, mulkdorga topshirar edi. Keyin mulkdor hisoblagichni davlat metrologik xizmatiga, masalan, “O‘zstandart” agentligi “MXKM” DKga, qiyoslash uchun taqdim etardi.
“O‘zstandart” agentligida qiyoslashdan o‘tkazish uchun mulkdor qiyoslashdan o‘tkazishga shartnoma tuzish haqida ariza yozishi, shuningdek qiyoslash bo‘yicha xizmatlargashartnoma rasmiylashtirish uchun hisoblagich yechilganligi haqida dalolatnoma va pasportini taqdim etishi kerak edi. Qiyoslash o‘tkazilgandan keyinmulkdor yana agentlikka hisoblagichni olib ketish va sertifikat olish uchun kelar edi. So‘ng u yetkazib beruvchiga uning vakili kelib, hisoblagichni o‘rnatib ketishi uchun yana murojaat qilardi.
O‘tgan yilning 1 dekabridan Nizom bilan yangi qoidalar kiritildi. Qiyoslashlararo interval tugashidan bir oy oldin elektrenergiya yetkazib beruvchisi iste’molchining imzosini olgan holda, qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelganligi to‘g‘risida uni xabardor qiladi. Xabarnoma olgandan so‘ng, mulkdor yetkazib beruvchiga ariza beradi. Keyin elektrta’minot korxonasining vakili keladi, hisoblagichni yechadi va dalolatnoma tuzadi. Qiyoslash o‘tkazish uchun to‘lov summasi ko‘rsatilgan to‘lov qog‘ozini beradi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng hisoblagich davlat metrologik xizmatiga xizmatlar yetkazib beruvchining vakili tomonidan yetkaziladi. Metrologlar uch kun davomida hisoblagichni qiyoslaydilar. Hisoblagichni yana elektrta’minot korxonasining vakili olib ketadi, mulkdorga yetkazadi va o‘rnatadi. Ya’ni, endi iste’molchi hech qayerga borishi kerak emas.Qiyoslashlararo interval o‘zgarmadi, u barcha iste’molchilarning elektrenergiyahisoblagichlari uchun to‘rt yilni tashkil etadi.
Hujjatga asosan, elektrta’minot tashkiloti elektrenergiyahisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi. Biroq mulkdorlar hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazishga to‘sqinlik qilmasdan, aksincha uni samarali o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari kerak.
Qiyoslash elektrta’minot tashkilotining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan hollar ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda qiyoslashni o‘tkazish uchun barcha xarajatlarni u o‘z zimmasiga oladi, pribor mulkdori tomonidan qoida buzilishi yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
Nizomning to‘liq matni bilan Siz Adliya vazirligining www.lex.uz saytida va “O‘zstandart” agentligining standart.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Shuni ta’kidlamoqchi edimki, davlat metrologik tekshiruvi tarqalish doirasida operativ metrologik xizmatlar ko‘rsatish va Nizom talablarini bajarish maqsadida akkreditlangan metrologik xizmatlar tarmog‘i kengaytirildi, poytaxtimizning Chilonzor, Bektemir va Yunusobod tumanlarida “MXKM” DK filiallari tashkil qilindi. Shubhasiz, bu choralar elektrenergiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashni yanada samaraliroq tashkillashtirishga va o‘tkazishga imkon beradi.