Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 20-dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, bu boradagi ishlarning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda sunʼiy havzalarni intensivlashtirish, tarmoqda klasterlar va kooperatsiya tizimini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi hamda 2022-yilda baliq yetishtirish hajmini 600 ming tonnaga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan “Gold fish agro eksport” baliqchilik klasterida media-tur tashkil etildi.

Tadbirga yigʻilgan jurnalistlar klaster faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan baliq yetishtiruvchi tadbirkorlarga berilayotgan amaliy yordam toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻldilar.