“Yangi Oʻzbekiston” tarixi sahifalarida soʻnggi toʻrt-besh yilning sarhisobi qilinganda hech ikkilanmay aytish lozim, juda katta islohotlar amalga oshirildi.
Muhtaram Prezidentimizning aniq va uzoqni koʻzlab olib borayotgan tashabbuslari nafaqat xalqimiz tomonidan, balki jahonning kuchli siyosatchilari, iqtisodchilari tomonidan yuksak baholanmoqda.
Eʼtiborli tomoni shundaki, yaqinda xalqimizning qizgʻin muhokamasidan oʻtib, yurtimizning ertangi taqdiri hamda taraqqiyot yoʻlini belgilab beradigan Taraqqiyot strategiyasi – bu xalqimizning manfaatlari, orzu-intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan katta rivojlanish nuqtasi desak xato boʻlmaydi.
Bunda xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
“Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” belgilab olindi.
* inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
* mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
* milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash;
* adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
* maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
* umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan mazkur tashabbuslarni chuqur oʻrganish, belgilangan ustivor yoʻnalishlarni sifatli taʼminlash, milliy mahsulotlarimizni xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarish, uning raqobatbardoshligini oshirish, hamda ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga yaqin koʻmakdosh boʻlishdek vazifalar belgilab olindi.