OʻzTTSA Bosh direktori Dilshod Sattarov Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari bilan uchrashdi. Yil yakunidagi mazkur uchrashuvda Agentlik rahbariyati tomonidan institutning yil davomidagi sohaga doir erishgan yutuqlari eʼtirof qilinib, natijalar sarhisob qilindi.
Bu ham boʻlsa, xalqaro va mahalliy darajada erishilgan natijalar bugun oʻz samarasini bera boshlagani, milliy etalonlar bazasi kengayayotgani, metrologiya infratuzilmasi rivojlanayotgani, kalibrlash tizimi joriy etilayotgani, shuningdek, institutning bir qator yosh olimlari tomonidan eʼlon qilingan va tanlovlarga taqdim etilgan gʻoya va tashabbuslari davlat tomonidan moliyalashtirishga jalb etilganligi boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tadbir soʻngida Bosh direktor yigʻilganlarni yangi yil bilan tabriklab, kelgusida yanada faol boʻlishga, izlanishlar olib borish, yurtimizda metrologiya sohasi imkoniyatlarini yanada kengaytirish orqali iqtisodiyot, sanoatni rivojlantirish va hayot farovonligiga hissa qoʻshi kerakligini alohida taʼkidladi.