OʻzTTSA masʼullari tomonidan navbatdagi oʻrganishlar Surxondaryo viloyati hududiy filiallarida tashkil etildi.
Surxondaryo viloyatidagi har bir hududiy filiallari alohida maʼnaviyat xonalari va idoraviy kutubxonalariga ega.
Har uchala filialda ish yuritish toʻliq davlat tilida amalga oshirilgani, xodimlarning aksariyati yoshlardan iborat boʻlgani uchun lotin alifbosiga oʻtishda muammo yoʻqligi sabab toʻliq lotin alibosida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgani, laboratoriyalarda joylashtirilgan barcha turdagi peshlavhalar hamda axborot burchaklaridagi maʼlumotlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida rasmiylashtirilganligi eʼtirof qilindi.
Shuningdek, filiallarning tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalar bilan olib borayotgan ishlari bilan tanishilganda, ularga ishlab chiqaradigan mahsulotining markirovkasi, qadoqlash va nomlash jarayonida davlat tiliga ham eʼtibor qaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani maʼlum boʻldi.
Filialarda xotin-qizlar bilan alohida ishlar olib borilib, yaratilgan sharoit, sogʻligʻiga eʼtibor qaratish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ijobiy tajriba toʻplangani maʼlumot uchun qabul qilindi.