Mahsulotdagi shtrixli kod nima uchun kerak?

O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta’minlaydi.

EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va “O’zstandart” agentligining “Shtrixli kodlash markazi” davlat korxonasi tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. GS 1 (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan. GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to‘g'risida guvoxnoma va EAN tizimiga ko‘ra tovar kod tuzilmasini beradi.

Hozirgi kunda savdo shaxobchalaridan sotib olingan deyarli har kanday tovar o‘z shtrixli kodiga ega (shtrix kod). Bu tovar markirovkasi 1949 yilda Bernard Silver va Norman Djozef Vudland tomonidan mahsulotdan uni nazorat qilishda axborotni avtomatik tarzda o‘qib olish imkoni uchun kashf qilingan.

Birinchi navbatda shtrixli kod savdoda kerak. Agar do'konda shtrixli kodni o‘qiydigan (POS- terminal deb ataladigan ingl. Point of Sale - "Sotish punktlari") kompyuter kassalariga ulangan avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan bo'lsa, savdo zalining barcha tovarlarida shtrixli kod mavjudligi kassalar (POS-terminallar) oldida xaridorlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qiskartirishga imkon beradi. Kassa chekida xarid kilingan tovarning aniq nomi va uning narxi kayd qilinishi uchun kassirga maxsus o‘qish qurilmasi (skaner) bilan tovar qadog'idan EAN/UCC-13 raqamini o‘qib olishning o‘zi kifoya.

Bundan tashsari, savdo zalining barcha nazorat kassa mashinalari yagona nazorat qurilmasiga (kompyuterga) ulanganda har qanday vaqtda u yoki bu tovar sotilishining xaqiqiy hajmini, u yoki boshqa buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj darajasini baxolash (tikuv buyumlari hollarida anik modellarga bo‘lgan extiyojni baxolash), savdo zalining rastalaridagi tovarlar zahirasini to‘ldirish uchun omborga oldindan buyurtma berish mumkin.

Oddiy qoida: do'kondagi tovarning shtrixli kodi ham narx, ham xarid qilingan tovar ekvivalenti hisoblanadi. Agar ikki tovar narxi bo'yicha farqlansa, ular har xil shtrixli kodga (EAN rakamiga) ega bo'lishi kerak.

Hozirgi vaqtda shtrix kod nafaqat savdoda, balki omborxona hisobini olishda, pochtada, kutubxona ishida va boshqa sohalarda ham tovar bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. U bevosita yo tovarni ishlab chiqarishda uning upakovkasiga yoki maxsus printerlar yordamida bosiladigan stikerlarga qo‘yiladi.

Chiziqli shtrix kodda, oq-qora chiziqlar tagida raqamlar bilan kuyidagi axborot berilgan:

Birinchi uchta rakamda (478) tovar chiqqan mamlakat (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) to‘g‘risidagi axborot shifrlangan. Keyingi 6 ta raqamda ishlab chiqaruvchi korxona to‘g‘risida ma’lumot (001020), ulardan keyingi 3 ta raqamda (041) tovar to‘g‘risida ma’lumot. 1-nazorat soni.

Tovar to‘grisida ma’lumot taqdim etuvchi raqamlar quyidagi axborotga ega: tovar nomi, iste’molchilik xususiyatlari, o'lchamlari, massasi, tarkibi, rangi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga berilgan shtrixli kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, “O‘zstandart” agentligining interaktiv xizmatlar portali www.my.standart.uz orqali olishingiz mumkin.

Shtrixli kod yoki qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

100049, Toshkent shahri, Farobiy 333 “A”, tel.: (0-371) 150-27-16, 202-00-11 (ichki raqam 1078, 1079), elektron pochta: otdelshk@shtrixkod.uz