Bugun “Uz Test” markazining Andijon filialida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga kiruvchi kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Grand Tehnolog” korxonasiga halqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasidan foydalanish sertifikati topshirildi.
Tabdirda OʻzTTSA boshqarma boshligʻi A. Dodoyev hamda “Uz Test” markazi masʼullari mazkur xalqaro sertifikatni topshirdilar.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Xalkaro xamkorlik boshqarmasi, “Uz Test” markazi, Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari va “Grand Tehnolog” korxonasi xamkorligidagi tinimsiz mehnat, mahsulotlarning sifatini taʼminlash borasidagi saʼyi-harakatlari natijasida erishildi. Endilikda mazkur korxonalar Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasi ega navbatdagi korxonaga aylandi.