OʻzTTSA tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi tadbirlar oʻtkazilib, yoshlar bilan doimo yaqindan muloqotlar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Ommaviy madaniyat” va milliy maʼnaviyat” mavzusida agentlik tizim tashkilotlarining Surxondaryo viloyati filiallarida oʻtkazildi.

Uchrashuvda Termiz Davlat Universitetining yosh olimi Qahramon Toshaliyev oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etib, yoshlarga “ommaviy madaniyat”ni salbiy oqibatlari yuzasidan maʼlumot berdi. Bunday illatlarga qarshi kurashishning yagona yoʻli bu-ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan mehnatsevarlik, oilaga, Vatanga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishdek ezgu gʻoyalar bilan kurashish ijobiy samara berishi yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuvda fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etayotganligi eʼtirof qilindi.