OʻzTTSA va uning Navoiy viloyati filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ish yuritishda davlat tiliga rioya qilinishi yuzasidan xodimlar bilan suhbat oʻtkazildi.
Hududiy filiallarda davlat tilida ish yuritish beliglangan tartibda amalga oshirilayotgani, xodimlarning aksariyati yoshlardan iborat boʻlgani uchun lotin alifbosiga oʻtishda muammo koʻzga tashlanmadi.
Laboratoriyalarda joylashtirilgan barcha turdagi peshlavhalar hamda axborot burchaklaridagi maʼlumotlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida rasmiylashtirilgan. Milliy metrologiya instituti Navoiy viloyati filialida “Metrologiya kuzatuvchanlik”, “Usullarni tanlash, muvofiqligi va yaroqliligini tasdiqlash”, “Oʻlchash vositalari va kalibrlash tartibi”, “Ichki audit oʻtkazish tartibi”, “Tuzatuvchi amallarni boshqarish tartibi”, “Yozuvlarni boshqarish tartibi”, ”Hujjatlarni boshqarish tartibi”, “Nomuvofiqliklarni boshqarish tartibi”, “Natijalarning ishonchliligini taʼminlash tartibi”,”Oʻlchash vositalari qabul qilish, saqlash va topshirish tartibi”, “Sifat boʻyicha qoʻllanma”, “Kalibrlash laboratoriyasi sifat tizimi qoʻllanmasi” ni davlat tiliga tarjima qilib, foydalanish yoʻlga qoʻyilgan.