Joriy yilning 14-dekabrdan 18-dekabr kuniga qadar “Oʻzekspomarkaz”da Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Koʻrgazma Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning doirasida respublikamizda faoliyat olib borayotgan 1500 dan ortiq ishlab chiqaruvchi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining 2500 dan ortiq mahsulot va xizmatlari taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mazkur koʻrgazmada OʻzTTSA va “UzTEST”, “Ozbek-Turk Test Markazi” qoʻshma korxonasi , “Farmatsiya innovatsiya markazi”, “TOPFIN RESULT”, “SERT MANAGEMENT” sertifikatlashtirish idoralari sertifikalashtirish, standartlashtirish hamda muvofiqlikni baholash sohasidagi xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.
Taʼkidlash lozim, mazkur yarmarkada Agentlik va uning tashkilotlari barcha peshlavhalari, eʼlon va reklamalarini, mahsulot nomlarini davlat tilida taqdim qilmoqda. Xizmat koʻrsatish ishlari ham davlat tilida amalga oshirilmoqda.