Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi  hamkorligida “MEDEF International” kompaniyasiraisi  va  “Roxalex” (Fransiya) kompaniyasi bosh direktori KristofFonteyn va “Axelcium” (Fransiya) kompaniyasi ijrochi direktori Laurent Torrans bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqot davomida yoʻl qurilish sohasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

 Uchrashuvda fransiyalik ekspertlarga soha yoʻnalishlarida keng koʻlamli islohotlar olib borilayotganligini va islohotlarda dunyoning ilgʻor davlatlari tajribasidan foydalanish muhimligiga eʼtibor qaratilib, fransiyalik  ekspertlarni bu borada hamkorlikka chorlandi.

“MEDEF International” kompaniyasi raisi  va “Roxalex” (Fransiya) kompaniyasi bosh direktori Kristof Fonteyn va “Axelcium” (Fransiya) kompaniyasi ijrochi direktori Laurent Torrans Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiy oʻsish kuzatilayotganligi, barcha sohalarda yangilanish, rivojlanish jarayonlari kechayotganligini eʼtirof etib, Fransiya tomoni ham har tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda taraqqiy ettirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Tadbir yakuniga koʻra, yoʻl qurilish sohasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baxolash yoʻnalishlarida aloqalarni doimiy rivojlantirishga kelishib olindi.

  
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi