Oʻzbekiston standartlar institutining bir guruh vakillari Belorus Respublikasida standartlashtirish sohasida peshqadamlardan biri boʻlgan BelGISS (Belorus Davlat standartlashtirish va sertifikatlash instituti) da boʻlishdi.
Ushbu safardan koʻzlangan maqsad, xorijiy davlatlarning standartlashtirish milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni mustahkamlash, islohotlarni yanada chuqurlashtirishda BelGISS tajribasini oʻrganish hamda sohada faoliyat olib borayotgan kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda xorijiy koʻnikmalardan foydalanish hamda hamkorlikning samarali tizimni joriy etishdan iborat boʻdi.
Safar davomida Minsk shahrida Oʻzbekiston standartlar instituti hamda BilGISS tashkilotlari oʻrtasida xalqaro hamkorlik bitimi imzolandi hamda ikki davlat vakillari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni uzviy davom ettirishga kelishildi.