Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz”da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan respublikadagi yirik sanoat va xududiy korxonalar oʻrtasida tarmoqlararo sanoat yarmarkasida respublikamizning barcha sanoat va xududiy korxonalari, xoʻjalik birlashmalari ishtirok etmoqda.
Yarmarkada Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim tashkilotlari faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan sanoat korxonalari vakillari, tadbirkorlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni sertifikatlash, sinov usullari, sifat tizimlarini joriy etish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan malumotlar taqdim etilmoqda.
Yarmarka 18-dekabrgacha davom etadi.