OʻzTTSA ning Samarqand viloyati hududiy filiallari hamkorligida Madaniyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi bilan ʻ Madhiya – milliy gʻururimiz ʻ shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Davlat ramzlari mamlakat suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsollar ekanligi va Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, gʻururi hamda tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, har birimizning qalbimizga faxru-iftixor bagʻishlash yuzasidan mulohazalar bildirildi.