Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim-tashkilotlarining Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari hamkorlikda davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Madhiya – ona Vatan madhini tarannum etuvchi kuy” mavzusida maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Kun ruhiyatini uygʻotish maqsadida erta tongdan filial xodimlari oʻz ish faoliyatini madhiya sadosi ostida boshladilar. Xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan viktorina savollari ham aynan shu mavzuga bagʻishlandi.
Tadbirda Davlatimiz madhiyasi, uning yaratilishi va qabul qilinish tarixi haqida maʼlumot beildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Xalq shoiri va Qahramoni Abdulla Oripov ijodini oʻrganish, nomini ulugʻlash, xotirasini abadiylashtirish, ulugʻ ijodkorning 80 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlar xususida maʼruzalar qilindi.
Tadbir yakunida xodimlar tomomnidan #madhiyamfahrim mavzusi ostida xeshteg oʻtkazildi.