Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan korxonabay ishlash tizimida korxonalarda halqaro standartlar joriy etilib SMIIC va xalqaro ISO 22000 sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Fargʻona viloyatining Yangi Margʻilon shaharchadagi “Kerner World” korxonasida SMIIC va xalqaro ISO 22000 standartlari joriy etish boʻyicha onlayn seminar tashkil etildi.

Pista va qurut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mazkur korxonada Texnik jihatdan tartibga solish agentligining xalqaro hamkorlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, GSP+dasturi, xorijiy davlatlaning import talablari, mahsulotlarni standart talablariga muvofiq toʻri qadoqlanishi, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.

Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240 sonli farmoni va PQ 5133 sonli qarori mazmun moxiyati atroflicha yoritib berildi.

Tadbir yauniga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida doimiy oʻquv-seminari tashkil etish va halqaro standartlarni joriy etishda amaliy yordam berishga kelishib olindi.

 
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi