2021-yil 8-9-dekabr kunlari Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi (MGS)ga aʼzo davlatlarning navbatdagi
60-chi yigʻilishi oʻtkazildi.

Tadbirda MDH Ijroiya qoʻmitasi va MGSning standartlar Byurosi, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston davlatlari (MGS aʼzolari)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha milliy idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda MDH ishtirokchi-davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatlash, bozor nazorati sohasida, Sifat sohasidagi yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi, MDHga aʼzo davlatlarning oʻzaro savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi Bitim loyixasi va boshqa sohaga oid masalalari muhokama qilindi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi (MGS)ga aʼzo davlatlarning navbatdagi
60-chi yigʻilishida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari xam ishtirok etdi.

 

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi