OʻzTTSA xodimlari agentlik kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida “Oʻzbekcha raqs” spektakli tomosha qildilar.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Nurillo Abbosxon muallifligidagi spektaklda oʻzbek yigiti rus qizini sevib, unga uylanishi va taqdir rishtalari haqida boʻlib, oʻzbekona urf-odatlar, turmushning ogʻir sinovlarini yengib oʻtish, bir soʻz bilan aytganda oʻzbek ayolining kechinmalari xaqida maʼlumot beriladi.
Agentlik xodimlari oʻz rollarini mahorat bilan talqin etgan artistlarning ijrolaridan bahramand boʻldilar va maroqli xordiq chiqardilar.