2017 yildan baliq ikrasiga yangi talab
“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan Davlatlararo standart “Tuzlangan dumaloq baliq ikrasi. Texnikaviy shartlar” tasdiqlandi hamda Davlat ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur standart 2017 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi.
2016 yilda ro‘yxatga kiritilgan, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan bizning saytimizda joylashgan “Standartlarni amalga kiritish va bekor qilish qarorlari” sahifasida tanishishingiz mumkin.
Standartlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” davlat korxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333A, tel: 249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.