Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin TUNEY boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda mutaxassislar uchun Turkiya va Oʻzbekistonda halqaro
ISO 17025, ISO 17065, ISO 17043, SMIIC standartlari boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etish, sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishda amaliy yordam berish, Turkiyadan malakali ekspertlarni jalb etish va xalqaro standartlari joriy etish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Turk Standartlari Instituti (TSE) Oʻzbekistondagi vakili Kurshat YILMAZ ham ishtirok etdi. Kurshat YILMAZ bilan
milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, soha yoʻnalishlarida Turkiya va Yevropa tajribasini oʻrganish, hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi.