8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va 10-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munonosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali tashabbusi bilan bayram uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 Uchrashuvda Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A. Safarov, va  Yuriskonsult A.Hasanovlar ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, boʻlib oʻtgan muhokamalar, uning xalqchilligi, jahon konstitutsiyaviy tajribasining bir qator ilgʻor jihatlari hisobga olinganligi va rivojlangan yirik demokratik davlatlar mutaxassislarining  ekspertizasidan oʻtganligini aytib oʻtdilar.

 Tadbirda Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tugʻildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qoʻyilganligi eʼtirof qilindi.

Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.

Yigʻilish davomida 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan ham yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berildi.