OʻzTTSA va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tilida ish yuritish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy salohiyati va malakasini oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xuddi shunday tadbir Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida oʻtkazildi. Unda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirish, ish yuritish hamda rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni aynan davlat tilida olib borilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Quronov filialda boʻlib, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan yaqindan tanishgan va yuqori baholagan, ushbu filialning amalga oshirayotgan ishlarini Chirchiq shahri uchun namunaviy  maskan deb koʻrsatish lozimligini aytgan edi.

Filial masʼullari yoshlar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularning metrologiya sohasini chet ellik hamkorlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.  Shuningdek, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish  va ushbu imkoniyatlardan jamoa yoshlari unumli foydalanishlari taʼkidlandi.