Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filialida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʻishlab “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Navoiy Davlat pedagogika instituti filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Nasiba Nursunova, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimi Shirinbek Nuriddinovlar ishtirok etib, bosh qomusimizning huquqiy asoslari yuzasidan ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul kilinganligining 29 yilligi munosabati bilan dolzarb mavzuda maʼruzalar qilindi.