Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda.
Yoshlar oyligi doirasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoshlari Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etdilar.
Tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, ichki ishlar idoralari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari va Yoshlar ittifoqi faollari, 150 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, anjuman videokonferensiya tarzida 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazildi.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdagi ahamiyati, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridagi muhim strategiya islohotlarining, xususiy mulk, iqtisodiy rivojlanish va bozor munosabatlari ustuvorligi kafolatlarining mustahkam negizi kabi masalalar tahlil etildi.
Anjuman davomida barcha ishtirokchilar Toshkent shahar hokimining sertifikati, “Eng yaxshi maqola” boʻyicha gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalar bilan, konferensiya ishini tashkil etishda faol ishtirok etgan bir guruh faollar qatorida Agentlik yoshlari ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.