Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “UzTEST” markazi Chirchiq filiali hamkorligida “Inson huquqlari - eng oliy qadriyat” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva, Toshkent viloyati Chirchiq davlat Pedagogika Instituti falsafa fanlari oʻqituvchisi O.Sultanova hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi, Chirchiq shahar boʻlinmasi mutaxassisi D. Ismailovalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan maʼlumot berdilar.
Mehmonlar maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash va lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtishdagi faolligi uchun Chirchiqdagi 100 dan ortiq tashkilotlar orasida Chirchiq filiali eng namunali tashkilot filiali sifatida tan olinganligini alohida taʼkidladilar.
Bayram tadbirida Chirchiq shahardagi 2-sonli umumtaʼlim maktabining “Adolat” jamoasi oʻquvchilari oʻzlarining qiziqarli chiqishlari va raqslari bilan uchrashuvni jonli va koʻtarinki ruhda oʻtishini taʼminladilar.