Yurtimizda Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligi keng nishonlanmoqda. Oʻzbekiston standartlar institutida ham ushbu sana munosabati bilan “Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Respublika yuristlar malakasini oshirish markazining kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori Boboqul Toshev ishtirok etib, Institut xodim va mutaxassislariga Bosh qomusimiz yaratilishi tarixi, maqsad va vazifalari, unda shaxs va fuqarolarimiz erkinligi, burch, huquqlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Tadbir yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.