2021-yil 30-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbar oʻrinbosari Yevgeniy Lazarenko boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligiga tashrifi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasida metrologik laboratoriyalarni, shu jumladan etalonlar bazasini, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishida idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya
va muvofiqlikni baholash boʻyicha yillar davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish ishlarini oʻrganish maqsadida, laboratoriyalarning texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi. Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi ekspertlar tomonidan taʼkidlandi. Bugungi uchrashuv soxa yoʻnalishlarida koʻp qirrali
va oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga yana bir ijobiy qadam boʻldi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi