Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “UzTest” markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari va Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda Olmaliq, Bekobod va Chirchiq filiallarida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Soha xodimlarining faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, qonunbuzarlik va korrupsiya holatlarini oldini olish boʻyicha oʻtgan mazkur tadbirlarda ishtirokchilar oʻzlari uchun muhim boʻlgan savollarga javob oldilar.