Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tizim tashkilotlari va hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan tizimli va samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu yoʻnalishda faol ishtirok etgan va tashabbus koʻrsatgan tizim xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Agentlikda ushbu faxriy yorliqlarni topshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Agentlik rahbariyati tizimda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samarali boʻlishi, davlat tilida ish yuritilishi, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtilishini taʼminlashda doim bosh-qosh boʻlganligi uchun Bosh direktor D.Sattarov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Amalga oshirilgan ishlar tahlili natijalari boʻyicha Agentlik tizim tashkilotlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlagan Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti “Eng yaxshi tizim tashkiloti” sifatida eʼtirof etildi. “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi ushbu yoʻnalishda 2-oʻrinni, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentining Jizzax viloyati hududiy filiali esa 3-oʻrinni egallab, faxriy yorliqqa sazovor boʻldilar.
Davlat tili qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan diktant natijalari boʻyicha “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat korxonasi xodimi gʻolib boʻlganligi munosabati bilan unga ham Departmentning faxriy yorligʻi berildi.
Agentlik va tizim tashkilotlarida oʻtkaziladigan har bir majlis, uchrashuvlarda davlat tili targʻibi boʻyicha olib borilgan ishlar, muammo va ularning yechimi masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi, muhokama qilinadi. Har bir tizim tashkilotida maʼnaviy ishlar samaradorlgini oshirish va davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash boʻyicha alohida masʼul belgilangan. Shuningdek, har bir tizim tashkiloti matbuot kotiblari tomonidan yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar, oʻtkazilayotgan tadbirlar OAVda keng yoritiladi. Departament tomonidan Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlari va matbuot kotiblarini ham alohida qayd etib, faxriy yorligʻlar bilan taqdirladi.
Tadbir yakunda Bosh direktor xodimlarning faol boʻlishiga, davlat tilida ish yuritilishini taʼminlashda har bir xodim shaxsan masʼul ekanligi, lotin alifbosini oʻrganish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi