“Til-tur” loyihasi asosida Fargʻona viloyati hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini yuzasidan monitoring oʻtkazildi.
Monitoring jarayonida xodimlarga davlat tilini oʻrgatish va lotin alifbosiga oʻtilishi yuzasidan amaga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganildi. Lekin har uchala tizim tashkilotlarida boshqa millatga mansub boʻlmagan xodimlar mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
Filial maʼullari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat Til va adabiyot universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining Fargʻona viloyati hududiy boʻlimi tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida malaka oshirganlar, oʻzlarining bilimlarini xodimlarga ish jarayonida oʻrgatib bormoqdalar.
Xodimlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan idoraviy kutubxonada turli mazmundagi adabiyotlar muntazam ravishda yangilab boriladi. Bu ishlar Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi bilan hududiy filiallar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida amalga oshiriladi.