Agentlikning Namangan viloyati hududiy filiallarida Prezidentimizning parlament palatalari qoʻshma majlisidagi nutqini oʻrganish va Davlat ramzlariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda Davlatimiz rahbarining Prezidentlik lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda soʻzlagan nutqlari xalqimizni yangi marralar sari ilhomlantirgani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, maʼrifiy uchrashuvda Davlat ramzlari haqida alohida toʻxtalinib, Davlat bayrogʻi haqida soʻz yuritildi. Maʼlumki, jonajon Vatanimiz mustaqillikni qoʻlga kiritgan dastlabki yillaridanoq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilindi. Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston hududida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.
Uchrashuv nihoyasida hududiy filial xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.