Oʻzbekiston standartlar institutida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.Sattorov, bosh direktor oʻrinbosari J.Shukurov hamda qator tizim tashkilot rahbarlari, institut faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu hisobot yigʻilishi tanqidiy tusda oʻtib, unda joriy yilning oʻtgan davrida institutda olib borilayotgan islohotlar, tashkilotning keng jabhadagi faoliyati, koʻzda tutilgan vazifalarning bajarilishi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yoʻllari haqida soʻz bordi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston standartlar institut direktori A. Xamdamov soʻzga chiqib, joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, standartlashtirish sohasida olib borilayotgan faoliyat, uning samaradorligini oshirishga yangicha yondoshish omillari masalalariga toʻxtaldi. Shu bilan birga, kelgusida institut jamoasi oldida turgan qator vazifa va rejalar haqida soʻzladi. Tadbirda har bir boʻlim boshliqlariga oʻz yoʻnalishlari doirasida yangi zaruriy topshiriqlar yuklatildi.