Mamlakatimizda umumilliy harakatiga aylanib borayotgan “Yashil makon” loyihasi asosida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda daraxt koʻchatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.
Tumandagi “Gulsaroy” mahallasida hokimlik tomonidan tavsiya etilgan yer maydoniga bugundan boshlab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida Agentlik tomonidan belgilangan rejaga koʻra, jami boʻlib 6 minga yaqin koʻchatlar ekalishi va uni parvarishlash ishlari bajariladi.