Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Fargʻona viloyati hududiy filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida Fargʻona shahridagi 67 metrlik davlat bayrogʻi oʻrnatilgan Islom Karimov xiyobonida boʻldilar.
Yoshlar davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollar ekanligi, davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlashi, ozod Oʻzbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat gerbi, Davlat bayrogʻi, Davlat madhiyasi aziz ekanligi va ular maʼnaviyatning eng muhim timsollari ekanligini alohida taʼkidladilar.
Shu bois, bayrogʻimiz yoki gerbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhan joʻshqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gʻurur va buyuk istiqbolga ishonch tuygʻusini his etamiz.